-Intizom bor joyda rivojlanish bo‘ladi

0

 


Yurtimizda fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Darhaqiqat, har bir soha xodimi kasb intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi, Vataniga, xalqiga sadoqatli bo‘lishi lozim.

Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va harbiylar bu borada alohida o‘rnak ko‘rsatishlari darkor.

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qism va muassasalarda qonuniylikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilar hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurash, firibgarlik va transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarni hamda boshqa  turdagi jinoyatlar bo‘yicha tushunchalar berilib borilmoqda. 

Tadbirning navbatdagisi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  tizimida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida “Korrupsiya kelajagimiz kushandasi” mavzusida o‘tkazildi.  Termiz harbiy prokuror yordamchisi O.Baxronov tomonidan ishtirokichilarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati  va korrupsiyaga oid jinoyi javobgarliklar haqida atroflicha tushuntirish berildi.

 G‘.Rahmonov,

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi 

 E.Halimov,

Termiz tuman FVB boshlig`i.

Отправить комментарий

0Комментарии
Отправить комментарий (0)
To Top